Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025

9 июн. 2025 г.
553
#Tier-1

Призовой фонд

140 000 000 сумов

Турнирный оператор

Отсутствует

Дисциплина

Multi

Дата проведения

09.06.2025 - 25.06.2025

Место проведения

Узбекистан

Регламент

Источник

Тип

Lan

Сетка

Отсутствует

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkaziladi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatini e’lon qiladi

Chempionat “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fijital raqs bo‘yicha 3 bosqichda tashkil etiladi.

1-bosqich: OTM bosqichi. 9-iyundan 14-iyunga qadar Respublikamizdagi barcha oliygohlarda tashkil etiladi. 
2-hududiy bosqich: OTM bosqichi g‘oliblari o‘rtasida 16-iyundan 21-iyungacha o‘tkaziladi. Ushbu bosqich g‘oliblari yakuniy final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
3-Respublika bosqichi: 23-25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida tashkil etiladi.

Tanlov nizomini o‘qish
Texnik reglamentlarni yuklab olish:

Chempionat rasmiy sahifalari:
 

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan I, II va III darajali medallar, tanlov chempioniga maxsus kubok va quyidagi tartibda pul mukofotlari topshiriladi:

“Dota2”, “CS2” jamoaviy o‘yinlari — 1-o‘ringa 60 million so‘m, 2-o‘ringa 36 million so‘m va 3-o‘ringa 24 million so‘m.
“FC25” yakkalik o‘yini — 1-o‘ringa 10 million so‘m, 2-o‘ringa 6 million so‘m va 3-o‘ringa 4 million so‘m.
“Just Dance” qizlar juftligi — 1-o‘ringa 20 million so‘m, 2-o‘ringa 12 million so‘m va 3-o‘ringa 8 million so‘m.

Kibersportga qiziquvchi barcha talabalarni “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatida ishtirok etishga taklif qilamiz! Ishtirok etish uchun o‘zingiz tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin.


Источник