O'zbekiston Respublikasi Sportni Rivojlantirish Vazirligi hamkorligida Esports Uzbekistan Federatsiyasi va Milliy Paralimpiya Qo’mitasi “Minsport Esports Cup” respublika musobaqasini taqdim etadi. Uzoq kutilgan havaskorlar o’rtasidagi kibersport musobaqasi start olmoqda.
Respublikamizning istalgan hududidan bo’lgan havaskorlar 10ta yo’nalishda tashkil etilayotgan ushbu turnirda qatnashgan holda, seleksiya orqali kelajakda professional kibersportchilar safidan o’rin olishlari mumkin.
Tez orada turnirga oid barcha ma’lumotlarni e’lon qilamiz. Bizdan uzoqlashmang!