HURMATLI ISHTIROKCHILAR, RO'YXATDAN O'TISHNING BARCHA SHARTLARI VA TURNIR QOIDALARI BILAN TANISHIB CHIQING.

 

DIQQAT!
Turnirda faqat O‘zbekiston hududida joylashgan o'yinchilar ishtirok etishi mumkin.

UPG CUP turniri haqidagi barcha muhim e'lonlarni o'tkazib yubormaslik uchun barcha ishtirokchilar quyidagi kanallarga a’zo bo’lishlari kerak:
1) www.instagram.com/fragportal
2) t.me/fragchan
3) www.instagram.com/upguz

Jamoa sardorlari FRAG - telegram guruhidagi e'lonlarni kuzatib borishlari shart - HAVOLA

Turnir ishtirokchisi (ishtirokchilari) reglamentga rioya qilmasa, jamoa (ishtirokchilar) UPG CUP turniridan chetlashtiriladi va BARCHA sovrinlardan mahrum qilinadi.
Agar jamoa 1-o'rinni egallab, qoidalarga rioya qilmasa ham, turniridan chetlashtiriladi va barcha sovrinlardan mahrum bo'ladi.

TURNIR HAMKORLARI

Turnirning titul homiysi:
UPG kompyuter do'koni - HOME FOR GAMERS

Bosh hamkor:
RAPOO - simsiz hayotdagi yo'ldoshingiz

TURNIR UTKAZISH USILI

Barcha jamoalar grand finalga chiqish uchun ikkita imkoniyatga ega bo'ladi - Double Elimination tizimi, barcha o'yinlar bo1.
Grand final bo3.

TURNIR O'TKAZILADIGAN SANA

Jamoalar (ishtirokchilar) o'yinlar boshlanishidan bir soat oldin tayyor bo'lishlari kerak!
Agar kechiksangiz yoki tayyor bo'lmasangiz - xayr, selyavi, tugadi!

Turnir 26 may (yakshanba) kuni soat 14:00da boshlanadi.
27 may (dushanba) 19:00 yarim final bahslari bilan davom etadi
GRAND FINAL, bo3

TURNIR O'TKAZILISH JOYI

Turnir butunlay ONLAYN (ONLINE)
Hech qayerga kelishingiz shart emas. Uydan yoki siz uchun qulay bo'lgan klubdan qatnashing.
Turnirga ro'yxatdan o'tish bo'yicha ko'rsatmalar - HAVOLA

MUKOFOTLAR

1-o‘rin – 2 500 000 so‘m + “UPG PRO” LAN turniri uchun kvota
2-o‘rin – 900 000 so‘m
3-o‘rin – 400 000 so‘m
4-o‘rin – 200 000 so‘m
Sovrin pullari yetti kun ichida jamoa sardorining UZCARD kartasida chiqariladi!

TURNIR QOIDALARI

CS2 qoidalari - HAVOLA
Agar sardor yoki uning jamoadoshi turnir reglamentida javobi bor savolni bersa, jamoa ogohlantirish oladi yoki turnirdan chetlashtirilishi mumkin.

RO‘YXATDAN O’TISH VA TURNIR JADVALI

Ro'yxatdan o'tish uchun havolaga o'ting - HAVOLA

Feysitda jamoani qanday ro'yxatdan o'tkazishni bilmasangiz, siz uchun ko'rsatma - HAVOLA
Jamoalarning maksimal soni - 64
Server - Moskva.

O'yinlar boshlanishidan oldin turnir jadvali FACEIT platformasining o'zida, inson aralashuvisiz avtomatik va tasodifiy tarzda yaratiladi.
Onlayn bosqichda ma'muriyat faqat favqulodda holatlarda yordam beradi. Misol uchun lobby boshlanmayapti yoki backup tiklash kerak.
Boshqa hollarda, masalan, “o‘yinni boshqa vaqtga ko‘chirish mumkinmi, dushman bilan kelishib oldik”, “bizda tok (internet) o‘chib qo‘ldi”, “beshinchi o‘yinchimiz aloqaga chiqmayapti” – Ma’muriyat yordam bermaydi!
Yordam uchun telegramda yozing - HAVOLA

STATUS "PRO" va "UPG PRO" lan turniri 

Yangi mavsumda biz UPG PRO lan turniriga taklifnomalar berish tizimini davom etamiz.
O‘tgan mavsum ko‘rsatganidek, ushbu tizim O‘zbekiston uchun ideal va barcha o‘yinchilarga UPG PRO final lan turniriga chiqish imkoniyatini beradi.
PRO statusi jamoaga yoki tashkilotga emas balki o'yinchiga beriladi.
PRO statusini qo'lga kiritgan o'yinchilar UPG PRO lan turniri tugamagunicha mavsumiy UPG CUP turnirlarida qatnasha olmaydi.
Lan turnirda, PRO statusiga ega bo'lmagan bitta o'yinchini jamoaga olish mumkin. Masalan, 3ta PRO statusli o'yinchi +1 ta PRO statusisiz o'yinchi.
Jamoaga ikkita PRO statusisiz o'yinchini olish taqiqlanadi.
PRO statusga ega bo'lgan o'yinchilarni almashtirishda hech qanday cheklovlar yo'q. Misol, To'rtta PRO o'yinchini to'rt xil jamoadan yig'ishingiz mumkin.
Yakuniy LAN turniri 2024 yilning yozida bo'lib o'tadi.
LAN turnirining sovrin jamg'armasi 40 000 000 so'mni tashkil qiladi.
Barcha LAN turniri jamoalari jamoaviy forma kiyishlari shart.

UPG PRO lan turnirga slot olgan o'yinchilar

Server Kerimov CEKKA
Zokir Shermatov BEASTOFEAST
Yan Inyaev uRuRuRkiN
Xalimboyev Botir bXesy
Hamraliev Hojiakbar hawachi

Mirzobobur Toshxojaev k1tsune13
Islamov Mustafo nisimiya-
Axmadjon Uktamov Gargo
Sanjarbek Maxmudov Ruxs
Shukurov Jamoliddin m1croph

Horlin Dmitriy -Minazuki-
Kim Igor ejsner
Trofimov Maksim Cr4zyCake
Abeslamidze David Noir
Urunov Iskandar Truman

Akmal Mingazudinov Sugarezy
Mukhammadaziz Makhamadjonov unicum
Ibrakhim Abdukadirov KANSHINE
Artur Palyants hitori
Arseniy Khachkov KxtsnE

Nikita Pan dulkenn
Mukhammad-Nodirkhon Saidov mukhas
Arseniy Makarov 6ugs-6unny
Salimbek Rakhmonberdiev oyuuta
Farrukh Valiev satisfaction

Maksudkhujaev Akbarkhuja KhujaxD
Sultanbaev Shoxjahon -shoxs
Sadriddinov Javoxir jaw1ko
Mansurov Sarvar Sorr1k
Ismatillaev Baxtiyor Schwarzkopf-

Azizbek Ravhsanbekov brucebyers
Razim Yuldashev Jlaska-_ -
Shamil Hodjatov 0ltin
Kamron Islamov sieraaaaaa
Egor Romanenko keepobaby

 

ADOLATSIZ O'YIN VA O'ZBEKISTON KIBERSPORTNING ZARARONLARI

Sovrinlarni qo'lga kiritish uchun chapdan ikkinchi akkauntdan qatnashishga urinadigan "masxarabozlar" uchun.
Yoki “aka-ukasiga” yordam berib g‘alaba olib keluvchi “PRO” statusi bor o‘yinchilar.
Siz uchun maxsus "tabrik va mukofot" tayyorlab qo’yganmiz:
1) o'yinchi va uning jamoasi barcha mukofot pullaridan mahrum bo’ladi.
2) o'yinchi va uning jamoasi turnirdan chetlashtiriladi.
3) o'yinchi va uning jamoasi FRAG ishtirokidagi barcha turnirlarda (UPG CUP, FRAG, lan turnirlari va boshqalar) 6 oyga diskvalifikatsiya qilinadi.

Ikkinchi o‘rin uchun pul mukofotini qo‘lga kiritish uchun finalda har mavsumda mag‘lub bo‘ladigan “ishbilarmonlar”– bu haqda o‘ylamang ham.

Administratsiya o'yinchi yoki jamoa ban olishi haqida hechkimga hechnarsani isbotlab berishga majbur emas.
“100% isbot bor”, “Men mahalla chempioniman”, “otam prokuror”, UPGdan 15 000 dollarga kompyuter sotib olish - bu sizga yordam bermaydi.
Shuning uchun sizni turnirdan ban berishimizga sabab yaratib bermang.
Tavakkal qilmang va yurtimizda haqqoniy kibersport rivojlanishiga halaqit qilmang.
Hurmat bilan, ceo FRAG.GG, Eldar a.k.a Zelen

MEDIA FAOLIYATLARI

Efir va huquqlar
Jamoalar Tashkilotchi yoki hamkorlar tomonidan rasman translyatsiya qilingan o'yinda ishtirok etishni rad eta olmaydi.
Translyatsiya deganda Turnir davomida istalgan o'yinni istalgan platformada rasmiy ko'rsatish tushuniladi.
Tashkilotchi Turnir davomida istalgan o'yinni translyatsiya qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Tashkilotchi o'zi tanlagan har qanday shaxs yoki hamkorlar uchun rasmiy ko'rsatuvlarga ruxsat berishga haqli.
Ishtirokchilarning o'zlari yoki ularning vakillari tomonidan rasmiy o'yinlarni translyatsiya qilish faqat Turnir ma'muriyatining ruxsati va shartlari asosida amalga oshiriladi.
Tashkilotchi Turnir davomida yoki undan keyin yaratilgan o'z mahsulotlarini qayta o'tkazish yoki post-ishlab chiqarishda ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish huquqiga ega.

Ma'lumotlar huquqlari
Tashkilotchi tovushlar, tasvirlar, shu jumladan, cheklanmagan holda, shaxslar va ismlardan foydalanish bo'yicha nomutaxassis huquqlarga ega: shou dasturlarini reklama/ e'lon qilish uchun iqtibos keltirish, nusxa ko'chirish, foydalanish, inklyuziv, lekin ular bilan cheklanmagan holda; ovoz va tasvirni, shu jumladan, cheklanmagan holda, oldindan ogohlantirmasdan yoki har qanday shaklda ishtirokchi va/yoki o‘yinchiga har qanday shaklda boshqa kompensatsiyalarsiz ko‘paytirish, o‘zgartirish, moslashtirish, nashr qilish, tarjima qilish, namoyish qilish, tarqatish, efirga uzatish va uzatish. Ishtirokchi, shu jumladan, Tashkilotchiga tasvirdan shou-dastur yaratish va undan reklama yoki boshqa foto, video, televidenie va ishtirokchi imidjiga putur etkazmaydigan boshqa materiallarni ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berishini tasdiqlaydi. . Tashkilotchi yuqorida tavsiflangan materiallarni istisnosiz va foydalanish muddati bilan cheklanmagan holda ishlab chiqarish, tarqatish va foydalanish huquqiga ega bo'lishi kerak.

DIQQAT! Barcha qo'shimcha ma'lumotlar telegram kanalimizda e'lon qilinadi - LINK
GL&HF&ALGA